Şvetsiya poytaxti okrug sudi 7 iyunda 2017 yil aprelda Stokholm markazida odamlarning yuk maşinasida bosib ketilişi işi böyiça jazo hukmini çiqaradi. 

 “Hukm 7 iyunda e'lon qilinadi. Ayblanuvçi Rahmat Oqilov hukm çiqarilgungaça turmada qoladi”, deb aytgan okrug sudyasi.

2017 yil 7 aprelda Rahmat Oqilov öğirlangan yuk maşinasida Drottninggatan köçasida odamlarni bosib ketgan. Buning oqibatida 5 kişi halok bölgan, 10 kişi jarohat olgan. Oqilov jinoyatni sodir etganini tan olgan.

Ma'lumotlarga köra, prokuratura Oqilovga dekportatsiya qilinişi bilan umrbod qamoq jazosi va Şvetsiyaga umrbod kirişga taqiqlov tayinlanişini söramoqda.  

Terakt böyiça sud jarayoni 13 fevralda boşlangandi.