AQŞ davlat departamenti Suriyada harakat qiluvçi “Oq kaskalilar” gumanitar taşkilotini moliyalaştirişni muzlatib qöydi. Bu haqda CBS telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, AQŞning “Oq kaskalilar”ni moliyalaştirişdagi uluşi Suriya hukumatiga qarşi axborot uruşi olib borişda ayblanadigan guruh byudjyetining uçdan bir qismiga yaqinni taşkil qiladi. Ta'kidlanişiça, taşkilotni qöllab-quvvatlaş oxirgi haftalarda töxtatilgan va qayta körib çiqilmoqda.
CBS’ning diplomatik hujjatlarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, davlat departamentining Yaqin Şarqdagi byurosi 15 aprelgaça Oq uydan “Oq kaskalilar”ni moliyalaştirişni davom ettiriş böyiça tasdiqlov olişi kerak edi, biroq natijada davlat departamenti “Oq kaskalilar”ni moliyalaştirişni töxtatişiga töğri kelgan.
“Oq kaskalilar” maqsadlari siyosiy betaraf va jangovar harakatlarga daxlsiz qolgan holda Suriyadagi tinç aholini himoyalaşdan iboratligini ta'kidlab keladi. Oxirgi vaqtda internetda oq kaskadagi odamlar vayronalar ostidan bolalarni qutqarayotgani tasvirlangan videoroliklar köplab paydo bölgan. Biroq şu bilan bir qatorda “Oq kaskalilar” “jabrlanuvçilar”ga grimlar qilib, ular nimalarni gapirişlarini uqtirayotgan sahnalaştirilgan videolar ham paydo bölgan. Bundan taşqari, suriyalik jurnalistlar “oq kaskalilar” qurollangan va harbiy kiyimda bölgan bir qator fotomateriallarni taqdim qilganlar.












