AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) 2017 yil davomida amerikaliklar telefon qönğiroqlari va matnli xabarlarini avvalgi yilga qaraganda uç barobar köproq kuzatdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, AQŞ Milliy razvedkasi direktori Ofisi hisobotida şu haqda söz yuritilgan.
Agentlikning ta'kidlaşiça, telefon qönğiroqlarini kuzatib borişning keskin ösişi AQŞda kuzatuv kölamini qisqartirişga qaratilgan qonun qabul qilinganining ikkinçi yili qayd etildi.
MXA tomonidan yiğilgan ma'lumotlar öz içiga raqamlar va qönğiroqlar vaqti hamda matnli xabarlarni qamrab oladi. Aniqlik kiritilişiça, MXA suhbatlar tafsilotini qayd etib bormaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ senati general-leytenant Pol Nakasoneni Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) direktori lavozimiga tasdiqlagandi.












