Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Boş vazir birinçi örinbosari, ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi.
Davlat rahbari uçraşuv çoğida Özbekiston-Qozoğiston Hukumatlararo komissiyasi faoliyati samaradorligini alohida ta'kidladi va uning amaliy natijalaridan qoniqiş hosil qilganini bildirdi.
Kun.uz axborot manbasining xabar berişiça, uçraşuvda joriy yil Toşkent şahrida bölib ötişi kutilayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy iqtisodiy forumi böyiça takliflar bildirilgan. Ayni paytda forumni ötkaziş bilan boğliq qöşimça ma'lumot oşkor etilmayapti.
Şavkat Mirziyoyev 2017 yil Samarqand şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» xalqaro konferensiyadagi nutqida uşbu forum haqida gapirib, alohida taşabbus bildirgandi.
Xususan, «Munosib kelajakni ta'minlaş uçun bugun biz qanday aniq vazifalarni bajarişimiz muhim va zarur?», deb ta'kidlagandi davlat rahbari.
Prezidentning sözlariga köra, bu savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş hamda kooperatsiyani mustahkamlaş uçun qulay şaroitlar yaratişdir.
«Mintaqaviy iqtisodiy forumni taşkil etiş bu yönalişdagi amaliy qadam bölişi mumkin. Bu örinda gap biznes hamjamiyatlari örtasida bevosita muloqot va özaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va innovatsion hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni atrofliça muhokama qiliş haqida bormoqda. Bizning mintaqa mamlakatlari işbilarmon doiralari hamda yetakçi korxonalar vakillari bilan bir neça bor ötkazgan uçraşuvlarimiz iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravişda faollaştiriş va özaro savdo hajmini oşiriş imkonini berdi», deb aytgandi Şavkat Mirziyoyev.
Darhaqiqat, 2017 yil davomida Özbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi örtaça 25 foizga, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foizga ösdi.
Qozoğiston Hukumati a'zosi Asqar Mamin ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvda joriy yilning yakuniga qadar ikkitomonlama savdo aylanmasini 3 milliard AQŞ dollariga yetkaziş hamkorlikning muhim şartlaridan biri ekanini alohida ta'kidlab ötdi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev Samarqanddagi öşa konferensiyada mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e'tibor qaratib, Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta'sis etişni taklif qilgandi.











