Janubiy Kaliforniya universiteti va AQŞ armiyasi laboratoriyalari olimlari askarlarga diqqat-eʼtibor, xotira va ratsionallikni maşq qilişga imkon beruvçi sun'iy ong tizimini yaratişdi. Bu tizim orqali askarlarni öqitiş 13 marta tezlaşgan, deb yozmoqda EurekAlert naşri.

Sun'iy ong texnologiyasi jangçilarga dunyoning turli joylaridagi janglar haqidagi ma'lumotlarni birlaştirib, qayta işlaşga imkon beruvçi, askarlarni öqitiş tizimining bir qismi böladi. Bundan taşqari, neyrotarmoq nafaqat örgatuvçi unsur, balki jang vaqtida maslahatçi bölişi ham mumkin – uning yordamida statistik xatolardan yoki yil fasli va landşaftga xos bölgan kamçiliklardan qoçiş mumkin böladi.  

Olimlar tizimni yaratişda dasturlanuvçi ventil matritsalar – sun'iy ong yaratiş uçun mikroçiplarni qöllaşgan. Bu ularni harbiy texnika va askarlarning jangovar kostyumlariga örnatişga hamda elektr iste'molini 10 marta kamaytirişga imkon beradi.

Armiyada sun'iy ong nafaqat askarlarni, balki robotlarni öqitiş uçun ham qöllanadi. AQŞ armiyasi laboratoriyalari va Texas universiteti olimlari robotlarni instruktor inson bilan hamkorlikda vazifalarni bajarişga örgatuvçi algoritm işlab çiqişdi.