«Özbekiston» sport majmuasida keçgan eng muhim janglardan birida yarim örta (-66,68 kg) vazn toifasida iştirok etuvçi Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Tvaxa Kassimuga qarşi ringga çiqdi.

WBC talabiga köra, bu yönalişdagi kamar sohibi öz unvonini uç oy muddatda faqatgina bir marta himoya qiliş imkoniyatiga ega sanaladi. Mart oyida Abduqahhorov kamarini himoya qiluvçi jangda vengriyalik Laslo Totni mağlubiyatga uçratgandi. Şu boisdan Toşkentda ötgan jangda u faqatgina reyting uçun jangga tuşdi.

8 raund davom etgan jangda özbekistonlik boksçining töliq ustunligi ostida keçdi. Oçkolar hisobiga köra, Abduqahhorov ğalaba qozondi va professional boksdagi 15-jangida 15-ğalabasini nişonladi.

Eslatib ötamiz, may oyidagi reytingga köra, Abduqahhorov WBC yönalişida öz vazn toifasi böyiça 4-öringa qadar kötarilib olgandi.