Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida ötgan Probellum Dubai boks keçasida Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-jangini ötkazdi.
Jangdan avval Jalolov tarozida 116 kg toş bosgan bölsa, Sokolovski 109 kg çiqdi. Özbekistonlik 27 yoşli Olimpiada çempioniga bu bahsda polşalik Kamil Sokolovski raqiblik qildi. 8 raunddan iborat jangda Jalolov 5-raundda raqibini çap qölda yöllagan zarbasi evaziga ringga qulatdi va texnik nokaut bilan ğalaba qozondi. Özbekistonlik oğir vaznli boksçi uçun bu ketma-ket 10-ğalaba böldi.
Ma’lumot uçun, Jalolov professional boksdagi sönggi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Tsezar Kalimenoga qarşi ötkazib, ilk raunddayoq nokaut bilan ğalaba qozongandi. Kamil Sokolovski esa sönggi jangini şvetsiyalik Otto Vallinga qarşi fevralda ötkazib, öşa jangda ham mağlub bölgan.

















