-79,39 kg vaznda Dilşodbek Rözmetov (1-0) professional boksdagi ilk jangini rossiyalik Maksim Smirnovga (8-10-3, 4 KO) qarşi ötkazib, 6 raundga möljallangan jangda oçkolar soniga köra ğalaba qozondi. Uçala hakam ham 60:54 hisobini qayd etişdi.

-69,85 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov ikkinçi jangida (2-0, 2 KO) belaruslik Dmitriy Miliuşani (9-6-1, 4 KO) 1-raunddayoq (2:40 soniya) nokautga uçratdi. Andijonlik boksçi nokaut qayd etilguniça raqibini 2 bor nokdaunga tuşirdi.

-58,97 kg vaznda Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) 8-jangida filippinlik Jon Geminoni (22-13-1, 12 KO) 6-raundda nokaut qildi. 

-80,29 kg vaznda Bektemir Meliqöziyev (8-1, 6 KO) rossiyalik Sergey Yekimovni (18-3, 9 KO) 8 raundlik jangda oçkolar evaziga mağlubiyatga uçratdi. Hakamlar 80:72, 80:71, 80:71 hisoblarini qayd etişdi.

Foto: ÖBF

Keçaning asosiy kardidan örin olgan dastlabki jangda -48,99 kg vaznda Hasanboy Dösmatov (4-0, 4 KO) Meksika vakili Xose Rivas (18-13-4, 10 KO) ustidan texnik nokaut evaziga ustun keldi. 4-raunddan söng Rivas jarohat tufayli jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. 

-64,86 kg vaznda Şahram Ğiyosov (12-0, 9 KO) argentinalik Kristian Koria (29-9-2, 13 KO) ustidan oçkolar natijasiga köra ğalaba qozondi. 10 raundlik jangda hakamlar 100:90, 100:90, 99:91 hisobini qayd etişdi.

Foto: ÖBF

Oqşomning markaziy jangida -69,85 kg vaznda Isroil Madrimov (8-0, 6 KO) fransiyalik Mişel Soro (35-3-1, 24 KO) bilan töqnaş keldi va jiddiy raqibini 9-raund yakunida texnik nokaut evaziga mağlub etdi. 

E’tiborlisi, referi raund yakunida çalingan gongni eşitmadi va nokaut raund vaqti tugaganidan keyin sodir böldi.

Madrimov ğalabadan söng WBA çempionlik kamari uçun rasmiy da’vogarga aylandi.