"Barselona" hamda "Real Madrid" örtasida keçgan La Liganing 36-tur öyinidan (2:2) söng "Kamp Nou"dan kataloniyaliklarning murabbiylar ştabi va boşqa xodimlari Primeradagi ğalaba munosabati bilan jamoaga çempionlik yölagini uyuştirdi. Uşbu çempionlik yölagi "Barselona" himoyaçisi Jyerar Pike iltimosiga köra qilingan. Bu haqda Marca xabar berdi. 

"Barselona" futbolçilari kiyim almaştiriş xonasiga kirmoqçi bölgan vaqtda Pike mikrofonni oldi va "Ular biz uçun çempionlik yölakçasi qilişdan boş tortişgan bölsa, biz esa bir oila bölsak, xodimlardan biz maydonni tark etgunimizça bu işni biz uçun qilişlarini sörayman", – deya iltimos qilgan. Şundan söng klub xodimlari ikki qator bölib, jamoa futbolçilarini qarsaklar bilan kiyim almaştiriş xonasiga kuzatib qöyişgan.

Avvalroq, "Real Madrid" boş murabbiyi Zinedin Zidan öz jamoasi "Barselona" uçun çempionlik yölagini qilmasligini ma'lum qilgan edi.