Özbekiston davlat organlari vakillaridan iborat delegatsiyaning Xitoyga safari doirasida High-tech sanoat zonasi rahbariyati hamda Hunan viloyatining ma'muriy markazi sanalmiş Çangşa şahrining hokimi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqida Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Suhbat çoğida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yönalişlari haqida kelişib, ikki mamlakat örtasidagi innovatsion rivojlaniş böyiça munosabatlarning muhim jihatlarini aniqlab oldilar.
Çanşa şahri hokimi janob Yi Lianhong, Hunan viloyati ham, şaharning özi ham texnoparklar va sanoat zonalari markazi ekanligini ta'kidladi. Bunday markazlarning asosiy yönalişi mamlakatning barça sohalarini, ayniqsa, sanoat, AKT, qişloq xöjaligi va biotibbiyot sohalarini texnologik va innovatsion jihatdan rivojlantirişdir.
«Biz uçun Özbekiston strategik hamkor bölib, mamlakatingizda keçayotgan barça özgarişlar, jumladan, Prezidentingiz rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar mamlakatingizga sarmoya kiritiş uçun qulayliklar yaratmoqda, şuningdek uzoq muddatli hamkorlik qilişga işonçimizni orttirmoqda. Biz texnoparklarimiz va sanoat zonalarimiz vakillarini qöşma loyihalarni yölga qöyiş va innovatsiyalarni rivojlantiriş uçun Özbekistonga jönatib, davlatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga hissamizni qöşamiz», — dedi Çangşa şahri hokimi.
.jpg&w=1200&q=75)
Öz navbatida delegatsiyamiz rahbari, Özbekiston innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari Baxtiyor Umarov mamlakatimiz infratuzilmasining turli yönalişlarida innovatsion yeçimlarni joriy qilişni boşlaydigan va ularni rivojlantiradigan 100 dan ziyod ilmiy-tadqiqot institutlari, taşkilotlar va boşqa birlaşmalar mavjudligini ta'kidladi.
«Biz xitoylik hamkasblarimizning tajribalarini örganib, investitsiyalar va hamkorlik uçun qulay şaroitlar yaratişga şaymiz. Özbekiston xalqimiz va davlatimiz gullab-yaşnaşi uçun xizmat qiladigan yangi ğoyalar va islohotlar uçun hamişa oçiq. Mamlakatimiz infartuzilmasini va aholimiz turmuşining yaxşilanişiga xizmat qiladigan mexanizmlar va mahsulotlar işlab çiqaradigan qöşma ilmiy laboratoriyalar yaratiş uçun innovatsion markazlarni yurtimizga taklif qilamiz», — dedi Baxtiyor Umarov.
Qayd etiş joizki, mazkur taşrif Huawei kompaniyasi tomonidan davlat organlari boşqaruvini mukammallaştiriş va Özbekiston aholisiga körsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston davlat organlari vakillari uçun taşkil etilgan. Huawei kompaniyasi, şuningdek, Özbekiston sanoatining turli sohalariga innovatsion yeçimlarni tatbiq qilişga kömak beradi.











