2018 yilda startaplarni qöllab-quvvatlaş uçun Moliya vazirligi 50 milliard söm ajratadi. Bu prezidentning «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan.

Mablağlar Innovatsion rivojlaniş va yangi ğoyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga byudjyet mablağlaridan innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, startap-loyihalarning özini qoplaşi asosida moliyalaştiriş uçun ajratiladi.

Mablağ özlaştiriş natijalari böyiça asoslangan takliflari asosida Innovatsiyalar vazirligiga Fond mablağlarining qöşimça manbalari böyiça takliflar kiritiladi. Aynan şu idoraga InnoWeek.uz Innovatsion ğoyalar haftaligini taşkil etiş vazifasi topşirildi.

Mamlakatda innovatsiyalarni rivojlantirişga hissa qöşgan deb topilgan kompaniyalar moliyaviy jihatdan rağbatlantiriladi. Töliq summa hali noma'lum.