Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom davlat oliy taʼlim taşkilotlarining iqtidorli talabalari örtasida tanlov ötkaziş, startap loyihaga aylantiriş imkoniyati yuqori bölgan innovatsion ğoyalarni saralaş va ularni moliyalaştiriş tartibini belgilaydi.

Hujjatga köra, “Eng innovatsion ğoya” tanlovi har yili sentabr–dekabr oylarida ikki bosqiçda taşkil etiladi.

Birinçi bosqiç barça davlat oliy taʼlim taşkilotlarida öz talabalari örtasida ötkaziladi. Respublika bosqiçi esa Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan 10 ta yönaliş böyiça taşkil etiladi.

Oliy taʼlim taşkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning birinçi bosqiçiga arizalar qabul qiliş boşlangani haqida eʼlon beradi. Talabgorlar 10-oktabrga qadar saralaş komissiyasi nomiga ariza taqdim etişi mumkin.

Har bir talabgor tanlovda faqat bitta innovatsion ğoya bilan iştirok etadi.

Ğoyalar 100 ballik tizimda baholanadi

Tanlovga taqdim etilgan innovatsion ğoyalar saralaş va tanlov komissiyalari tomonidan 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Bunda innovatsion ğoyaning ilmiy va innovatsion yangiligi uçun 20 ballgaça, dolzarbligi uçun 20 ballgaça, mavjud analoglardan farqi uçun 20 ballgaça, xarajatlar smetasining asoslanganligi uçun 20 ballgaça hamda ğoyani amalga oşirişdan kutilayotgan natijalar uçun 20 ballgaça beriladi.

Birinçi bosqiç ğoliblariga 50 mln sömgaça grant

Tanlovning birinçi bosqiçida ğolib bölgan talabalar grant mablağlari bilan taqdirlanadi.

Xususan, birinçi örin uçun 50 mln söm, ikkinçi örin uçun 30 mln söm va uçinçi örin uçun 20 mln söm grant ajratiladi.

Respublika bosqiçida ğolib deb topilgan innovatsion ğoyalarga esa ança katta mablağ yönaltiriladi. Innovatsion rivojlaniş agentligi, talabgor va tegişli taşkilot örtasida tuziladigan şartnoma asosida birinçi örin sohibining ğoyasi 500 mln söm, ikkinçi örin - 300 mln söm, uçinçi örin - 200 mln söm miqdorida moliyalaştiriladi.