Haydarovning aytişiça, Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) Özbekistonga qöşimça daromadlarni alohida jamğarmaga yiğişdan köra, avvalo, byudjyet taqçilligini qisqartiriş uçun işlatişni tavsiya qilgan.

“XVJning tavsiyasi şuki, qöşimça daromadlarning bir qismini xarajatlarga yönaltirsangiz ham, muhim qismi byudjyet defitsitini kamaytirişga işlatilişi kerak. Ötgan yili biz şunday yöl tutdik. Qöşimça daromadlar hisobidan byudjyet taqçilligini YaIMga nisbatan qariyb 0,9 foizga qisqartirdik. Rejada defitsit 3 foiz bölişi kerak edi, amalda esa uni 2,1 foizgaça tuşirdik.

Bu yil ham imkon bölsa, oltindan tuşadigan qöşimça daromadlarning bir qismini joriy xarajatlarni qoplaşga, qolgan qismini esa defitsitni kamaytirişga yönaltirişga harakat qilamiz. Natijada byudjyetni moliyalaştiriş uçun kamroq qarz jalb qilinadi”, – dedi vazir örinbosari.

Uning ta’kidlaşiça, XVJ Özbekistonga hozirning özida alohida jamğarma taşkil etişni tavsiya qilmayapti.

“Jamğarma, odatda, byudjyet profitsit bilan işlayotgan davlatlarda şakllantiriladi. Agar byudjyetning özi defitsit bölsa, bir tomondan mablağni jamğarib qöyib, ikkinçi tomondan taşqaridan qarz olişning iqtisodiy ma’nosi yöq. Şuning uçun XVJning tavsiyasi – rejalaştirilgan xarajatlarni amalga oşiring, lekin qöşimça daromadlar sabab xarajatlarni keskin oşirmang. Daromadning bir qismini esa yomon kunlar uçun saqlaş kerak. Katta taşqi inqiroz yoki kutilmagan vaziyat yuz bersa, davlatda fiskal bufer bölişi zarur”, – dedi Haydarov.

Uning sözlariga köra, fiskal bufer pandemiya davrida Özbekistonga iqtisodiy barqarorlikni saqlaşda yordam bergan.

“Davlat uçun ikkita narsa juda muhim: birinçisi – oğir kunlar uçun zaxira bölişi kerak, ikkinçisi esa qarz oliş qobiliyatini saqlab qoliş kerak. Pandemiya davrida ayrim davlatlar hatto 100 million dollar ham qarz jalb qila olmay qolgan edi. Çunki kreditorlar ularning qaytariş imkoniyatiga işonmadi. Şuning uçun XVJ oltin narxi doim yuqori bölib qolmaydi, degan xavfni hisobga olib, yaxşi davrlarda defitsitni kamaytirişga urğu bermoqda”, – dedi u.

Yangi fiskal qoida işlab çiqilmoqda

Haydarovning ma’lum qilişiça, hukumat XVJ bilan birgalikda oltin narxining byudjyetga ta’sirini çeklaydigan yangi fiskal qoidalarni işlab çiqmoqda.

“Hozir biz oltindan taşqari fiskal balans böyiça işlayapmiz. Avgust oyida XVJ missiyasi keladi va şu masalani muhokama qilamiz. Rejamiz – amaldagi 3 foizlik defitsit çekloviga qöşimça ravişda yangi fiskal qoida joriy qiliş. Variantlardan biri – byudjyetni hisoblaşda oltinning bazaviy narxini belgilaş. Masalan, şartli ravişda 2 500 dollar deb olinadi. Agar bozor narxi bundan yuqori bölsa ham, qöşimça daromadlar hisobiga xarajatlarni avtomatik oşirib yubormaslik közda tutiladi. Bu yondaşuv qonunçilikka kiritilişi va hukumat muhokamasidan ötgaç joriy qilinişi mumkin”, – dedi vazir örinbosari.