Joriy yilning 22 may kuni Toşkent şahridagi Inha universiteti binosida Özbekistonda AKT sohasi, IT ta'lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinişi kutilayotgan  #MITCROADMAP2018​ anjumani bölib ötişi e'lon qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlangandi. Şu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018​ anjumani taşkil etilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, anjumanda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Axmadxöjayev «​Özbekiston ICT cohasi: hozirgi holat va istiqbol»​ mavzusida nutq sözlaşi kutilmoqda. Şuningdek, «​Özbektelekom»​ AK Boş direktori Farhod Röziyev milliy operatorning tubdan isloh qilinişi borasida fikr va rejalarini ommaga taniştiradi.