2018 yil 10 may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida deputatlar avval siyosiy partiyalar fraksiyalarining, Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, qömitalar va ular huzurida faoliyat körsatayotgan ekspert guruhlarining majlislarida muhokama qilingan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining axborot xizmati.
Deputatlar öz işini joriy yilning fevral oyi boşida parlament quyi palatasi majlisida birinçi öqişda kontseptual jihatdan ma'qullangan «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda muhokama qilişdan boşladilar.
Ta'kidlab ötilganidek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, şuningdek Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligining taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etiş töğrisida»gi Qarori qabul qilingan.
Qonunning qabul qilinişi Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligining taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillaştirişga, uning qonun ijodkorligi jarayonidagi hamda ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşirişdagi iştiroki samaradorligini oşirişga imkon berişi qayd etib ötildi.
Şundan söng fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalaniş borasidagi şaxsiy manfaatdorligi va mas'uliyati oşirilişini, jamoatçilik nazoratining ta'sirçan tizimi qonunçilik asosida belgilanişini ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda muhokama qilindi.
Uşbu qonun loyihasini muhokama qiliş çoğida deputatlar fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkalari ajratiş böyiça tanlov ötkaziş çoğida yoş fuqarolarga taqdim etiladigan imtiyozlar hajmining kengaytirilişiga, qişloqda yoşlarni iş örinlari bilan ta'minlaşning va yoşlarga doir davlat siyosatini amalga oşirişga oid huquqiy asoslarning qonun hujjatlarida aniq ifodalanişiga alohida e'tibor qaratdilar.
Şuningdek, taşabbuskorlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari bölgan, «Avtomobil yöllari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni normalarini takomillaştirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilinganidan söng Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi tomonidan joylarda uşbu soha mutaxassislari, olimlari iştirokida bir qator seminarlar taşkil etildi. Qonun loyihasini takomillaştirişga doir ötkazilgan tahlil natijalari birlaştirildi, şuningdek uşbu soha ekspert-mutaxassislarining fikr-mulohazalari hisobga olindi.
Uşbu loyiha, ma'ruzaçi aytganidek, «Avtomobil yöllari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablarining Jizzax viloyatidagi ijrosini nazorat-tahlil faoliyati tartibida örganiş asosida, şuningdek Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosariga «Respublikada içki avtomobil yöllarini ta'mirlaş va saqlaş holati hamda istiqbollari töğrisida»gi masala yuzasidan yuborilgan parlament sörovi yakunlariga köra işlab çiqildi.
Deputatlar fikriga köra, qonunning qabul qilinişi iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş, şahar va qişloqlar yöl-transport infratuzilmasini takomillaştiriş, aholining farovon hayotini oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş imkonini beradi.
Majlisda «Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida migratsiya jarayonlarining kuçayişiga olib kelayotgan, bu esa, öz navbatida, terrorizm, ekstremizmning tarqalişiga va ularning dunyo miqyosidagi muammoga aylanişiga xizmat qiladigan, jahonning ayrim mintaqalaridagi beqaror vaziyat qayd etib ötilgan edi.
Qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Şanxay Hamkorlik Taşkilotining Ekstremizmga qarşi kuraşiş Konventsiyasini bundan buyon ham amalga oşiriş töğrisidagi farmoyişi ijrosini ta'minlaş, şuningdek uşbu Konventsiya normalarini implementatsiya qiliş maqsadida işlab çiqilgan.
Qonun loyihasining qabul qilinişi şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlaşga, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilişga, fuqarolar tinçligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlaşga, ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarning öz vaqtida oldini oliş, ularni aniqlaş va ularga barham berişga, ularning oqibatlarini bartaraf etişga, şuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlaşga imkon berişi majlisda alohida ta'kidlandi.











