Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva­ Vengriya poytaxti Budapeşt şahriga taşrif buyurdi.

Taşrif doirasida Vengriya prezidenti Tamaş Şuyok bilan uçraşuv bölib ötdi. Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga boğlab turuvçi tarixiy, an’naviy, madaniy qadriyatlarning muştarakligi davlatlaro aloqlarni rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Şuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, hududlararo hamda mamlakat işbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Muloqot çoğida 2026 yil Özbekiston va Vengriya orasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili deb e’lon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni ötkaziş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.

Şuningdek, Tanzila Norboyeva boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Vengriya Milliy Assambleyasi raisi Laslo Kyover bilan uçraşdi. Sönggi yillarda Özbekiston va Vengriya örtasidagi savdo hajmi barqaror ösayotgani, qöşma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi izçil kengayayotgani ta’kidlandi.

Şuningdek, parlamentlararo hamkorlik masalalari ham körib çiqildi. Özbekistondagi islohotlar, parlament nazoratining kuçaytirilişi va qonunçilikdagi ijobiy özgarişlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlar döstlik guruhlari faoliyatini jonlantiriş, parlament apparati xodimlari uçun qisqa muddatli stajirovkalar taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida Özbekiston va Vengriya parlamentlari örtasida hamkorlikni yanada mustahkamlaşga doir muhim hujjat imzolandi.

Şu bilan birga Oliy Majlisi Senati va Vengriya Milliy Assambleyasi örtasida muhim hujjat – Anglaşuv memorandumi imzolandi. Uşbu hujjat ikki davlat parlamentlari örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, özaro işonç va manfaatli şeriklikka asoslangan hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan.

Hujjatga muvofiq ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi hamkorlik institutsional jihatdan mustahkamlanadi. Şu bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarni izçil va samarali rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratiladi.