Özbekiston Superligasi start olganidan buyon, stadionlarga jami 737 954 tomoşabin taşrif buyurdi, deb yozadi Sports.uz.

Ularning orasida 10-tur eng yuqori körsatkiç qayd etgan - 88 564 muxlis.

Eng köp muxlis kelgan öyin 3-tur doirasidagi «Navbahor» – «Lokomotiv» bahsi bölib, unga 25 300 tomoşabin kirgan.

Eng kam muxlis 5-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Qöqon-1912» öyiniga kelgan - 3 123.

Öz maydonidagi öyinlarda muxlis töplaş borasida «Bunyodkor» yetakçilik qilmoqda. «Qaldirğoçlar»ning uy uçraşuvlarini tomoşa qiliş uçun jami 103 236 işqiboz taşrif buyurgan. Ikkinçi örinda «Buxoro» bormoqda. Uluğbek Boqoyev jamoasining öyinlariga roppa-rosa 99 ming muxlis kirgan. «Paxtakor» stadioni esa bu borada kuçli uçlikni yopib turibdi. «Şerlar»ning öyinlarini tomoşa qiliş uçun jami 84552 muxlis kelgan. 

Stadionga kirgan muxlislarning örtaça soni böyiça «Navbahor» yetakçilik qilyapti - 19 760 muxlis. Bu borada «Bunyodkor» ikkinçi, «Buxoro» esa uçinçi örinda turibdi, deb yakunlaydi Sports.uz.  

Avvalroq, «Neftçi» klubi töp suradigan «Istiqlol» stadionida muxlislar soni sun'iy ravişda oşirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.