Taklif etilayotgan loyihaga köra, yangi tizim 2028/29 yilgi mavsumdan joriy etilişi mumkin.
Dastlabki taqvim quyidagiça:
Özbekiston kubogi - 2028-yil 1-martdan 31-maygaça;
yozgi transfer oynasi - 1-iyuldan 9-sentabrgaça (10 hafta);
Superliganing birinçi davrasi - 18-avgustdan 24-dekabrgaça;
qişki transfer oynasi - 2029-yil 2-yanvardan 13-fevralgaça (6 hafta);
Superliganing ikkinçi davrasi - 23-fevraldan 31-maygaça.

Şu tariqa, amaldagi bahor-kuz formati örniga çempionat avgust oyida boşlanib, keyingi yil may oyida yakunlanadigan tizim taklif etilmoqda.
Agar taklif maʼqullansa, bu Özbekiston çempionati tarixidagi ilk kuz-bahor mavsumi böladi. Özbekiston Superligasi (avvalgi Oliy liga) 1992-yilda taşkil etilganidan buyon doimo bahor-kuz tizimida, yaʼni bir kalendar yil doirasida ötkazilgan.
PFL hozirça yangi tizimga ötiş sabablarini keltirmadi. Biroq bu Osiyo futbol konfederatsiyasi klub musobaqalari taqvimiga moslaşiş bilan boğliq bölişi mumkin. OFK 2022-yilda klub musobaqalarini kuz-bahor tizimiga ötkazişga qaror qilgan va yangi taqvim 2023/24 mavsumidan amal qila boşlagan.
Ikki xil taqvim özbek klublarining OFK turnirlaridagi iştirokida uzoq tanaffus yuzaga kelişiga sabab bölmoqda. Masalan, 2025-yil noyabrida Özbekiston çempioni bölgan «Neftçi» OFK Çempionlar ligasidagi ilk öyinini 2026-yil 14-sentabrda - qariyb 10 oydan keyin ötkazdi. Yaʼni klub çempionlik orqali Osiyo musobaqasi yöllanmasini qölga kiritganidan keyin uni amalda işlatişi uçun deyarli bir yil kutişiga töğri keldi.
Superliganing kuz-bahor tizimiga ötkazilişi bu muddatni sezilarli qisqartirişi mumkin. Yangi taqvimda may oyida Özbekiston çempioni bölgan klub yozgi tanaffusdan söng OFK klub musobaqalarida iştirokini boşlaşi mumkin. Bu içki çempionat yakunlari bilan Osiyo musobaqalari boşlanişi örtasidagi vaqt tafovutini kamaytiradi.
2024/25 mavsumidan OFK klub musobaqalari Çempionlar ligasi Elite, Çempionlar ligasi 2 va Challenge League kabi uç poğonali yangi formatda ham kuz-bahor taqvimi asosida ötkazilmoqda.

















