10 may kuni Beshefar kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng katta tegirmon faoliyatiga start berdi. Sergeli sanoat zonasida işlab çiqariş qiymati 650 tonnani taşkil qiluvçi tegirmon işga tuşirildi.

Ta'kidlaş joizki, bu Beshefar kompaniyasining Özbekistondagi ikkinçi loyihasi hisoblanadi. Birinçi loyiha 2013 yilda tuzilgan bölib, unga köra Yaşnobod tumanida 300 tonnalik un işlab çiqariş quvvatiga ega zavod barpo etilgan. Iste'molçilar talabi oşgan sari yangi zavod qurilişiga ehtiyoj sezilgan va işlab çiqariş quvvatini kengaytirişga qaror qilingan.
Yangi zavodning quvvati juda katta, ya'ni uşbu tegirmon 650 tonna un işlab çiqarişga möljallangan. Tegirmon eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Tegirmonni işga tuşirişda uning energotejamkorligi ham inobatga olingan. Uşbu texnologiyalar Turkiyadan keltirilgan bölib, ular un işlab çiqarişdagi eng ilğor texnologiya hisoblanadi.



Tegirmon hovlisida tört bayroq (Özbekiston, Turkiya, Qozoğiston va Beshefar kompaniyasi logosi tuşirilgan bayroq) hilpirab turganini körişingiz mumkin. Kompaniya xodimlaridan birining izoh berişiça, asosiy buğdoy Qozoğistondan keltirilgani bois şu mamlakat bayroği osilgan. Turkiya bayroği hilpiraşiga sabab esa bu yerdagi texnologiyalarning barçasi ayni şu mamlakatdan keltirilganidir. Ma'lumotlarga köra, Özbekiston un işlab çiqariş böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilikni közlamoqda.
Beshefar kompaniyasi muassislari aka-uka Mahmadaminovlar Turkiyaning yetakçi tegirmon işlab çiqaruvçi kompaniyasi bilan şartnoma tuzib, sutkasiga 650 tonna un mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan liniyani olib kelişdi. Binolar qurilişi, uskunalar montaji va işlab çiqariş uçun lozim bölgan boşqa işlar 2018 yilning birinçi çoragida butkul işga tayyor holatga keltirildi.
Beshefar kompaniyasi özining kelgusidagi rejalarida töliq eksportga yönaltirilgan un mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça loyiha ustida xorijlik hamkorlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Mazkur loyihani amalga oşiriş barobarida qöşimça ravişda 200 kişi yangi iş örni bilan ta'minlanadi.

Ta'kidlaş joizki, Beshefar kompaniyasi nomi uç aka-uka - Begzod, Şerzod, Farhod ismlarining ilk harflaridan hosil bölgan.
"Jigarlarim - Şerzod, Farhod va korxonamizning mehnatsevar xodimlariga alohida minnatdorçilik bildiraman. Işonçim komilki, sizlardek iqtidorli xodimlar bilan yangidan-yangi çöqqilarni zabt etamiz, Xudo xohlasa. Tadbirkorlar yölida juda katta-katta imkoniyatlar yaratib berayotgan muhtaram yurtboşimiz Şavkat Miromonoviçga ulkan muvaffaqiyatlar, qilayotgan sa'y-harakatlarida omadlar tilayman. Barçangizga rahmat!", - deydi Beshefar kompaniyasi muassisi Begzod Mahmadaminov.


Ma'lum qilinişiça, kompaniya bu bilan çeklanib qolmay, sifat ustida doimiy işlab, yil sayin yangidan-yangi modernizatsiya bosqiçlarini keçiradi. Talabga qarab işlab çiqariş hajmini ham oşirib boradi. "Mö'tabar" uni nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi eng sifatli unlardan biri bölişiga işonç bildirildi.
"Avvalambor bu kompaniya ta'sisçilarini Özbekiston Respublikasi rivojiga qöşayotgan hissasi bilan çin yurakdan tabriklaymiz. Uşbu korxona 2016 yil oxirida Davlat raqobat qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan ommaviy oferta savdosiga qöyilgan edi. Sotib olgan mulkdorlarda korxonani işga tuşirişga doir bir neça loyihalar bölgan. Xususan, 2017 yilning 23 fevralida qabul qilingan 2796-sonli qaror doirasida bu korxona mulkdorlarini boşqarmaga taklif qildik va bir neça loyihalarni körib çiqdik. Ular içida bizga hamda mulkdorlarga ma'qul bölgan loyiha poytaxt aholisiga zarur bölgan un mahsulotlarini yetişitirib çiqariş böldi. Biz barçamiz korxonani işga tuşirişga doir "yöl xaritasi"ni tuzdik va uning asosida uşbu yirik korxona işga tuşirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, korxonaning bugungi darajasiga kelişi uçun 10 milliard sömdan ortiq investitsiya mablağlari kiritildi, unda 200 dan ortiq iş örinlari yaratalişi közda tutilgan. Investorlarga kattadan-katta omadlar tilaymiz", - deydi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Otabek Yaminov.

Bugun qator islohotlar jadal amalga oşirilayotgan bir davrda yurtimizda yangidan-yangi zavod va korxonalarning işga tuşirilişi özbek xalqini qöşimça iş örinlari bilan ta'minlaşi şubhasiz. Şunday ekan, bunday korxonalar soni köpayişiga tilakdoşmiz.
Reklama huquqi asosida











