Xitoyning ikkinçi va mamlakatda işlab çiqarilgan birinçi aviataşuvçi kemasi Type 001A özi joylaşgan bazadan 13 may kuni ertalab sinov suzişiga jönadi.     

2013 yildan beri qurib kelingan kema 2017 yil aprelda suvga tuşirilgandi. Kemaning uzunligi 315 metrni, eni 75 metrni, oğirligi 70 ming tonnani, kreyserlik tezligi 31 dengiz uzelini (55 km/soat) taşkil qiladi. Kema bortida 36 ta Tszyan-15 (J-15) qiruvçi samolyoti joylaştirilişi mumkin. 

Xitoyning ilk aviataşuvçi kemasi “Lyaonin” Ukrainadan 1998 yilda sotib olingan, qurib bitkazilmagan “Varyag” kreyseri negizida qurilgan. Uni aviataşuvçi kreyserga aylantiriş böyiça işlar 2005 yilda Dalyandagi kemasozlik zavodida boşlangan. Kemaning ilk dengiz sinovlari 2011 yilda ötgan, Xitoy harbiy-dengiz kuçlari safiga esa 2012 yil sentabrda kiritilgan.