Toşkentdagi omborxonalardan birida qiymati 3 milliard sömdan ortiq mahsulotlar noqonuniy saqlanayotganligi foş etildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qömitasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Toşkent şahrida joylaşgan xususiy firmalardan biriga tegişli omborxonalar közdan keçirildi.

Natijada, uşbu omborxonada xorijda işlab çiqarilgan, biroq bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilmagan 3 milliard 56 mln. sömlik “PVA-801 kley maşxad” nomli kley mahsulotlari hamda 180 mln. sömlik
“Ya rodilsya”, “Sorti” va “Biomax” nomli kir yuviş kukunlari saqlanayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.