FVVning xabariga köra, Olmazor tumani, Uzumboğ köçasida havodan oltin gugurt hidi kelayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu xabarlar keng tarqalgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan Toşkent şahar FVB bölinmalari aytilgan manzilga yetib borgan.
Birlamçi ma’lumotlarga köra, omborxonada joylaşgan siğimdan vodorod peroksidi moddasi oçiq havoga sizib çiqişi kuzatilgan.
Toşkent şahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bölimlari tomonidan uşbu holat soat 04:00 da töliq bartaraf etildi, deb xabar bermoqda FVV.
Vaziyat töliq nazoratga olingan bölib, barça tegişli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda iş olib bormoqda. Qöşimça ma’lumotlar tekşiruv yakunlangaç taqdim etiladi.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Kun.uz'ga kelib tuşgan tasvirlardan körinişiça katta hududda havoni quyuq tutun qoplagan. Bir neçta tez yordam maşinalari voqea joyiga qarab harakatlangan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yöq.












