Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Darxondagi omborxonada kuchli yong‘in kelib chiqdi
24 avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan omborda kuchli yong‘in kelib chiqdi. FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, uni bartaraf etishga urinmoqda.

Foto: Videodan kadr
24 avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan omborxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Kun.uz'ga kelib tushgan video dalillarga ko‘ra, yong‘in ko‘lami juda katta va undan chiqqan tutun ham yuqorilab bormoqda.
Toshkent shahar FVBning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat nazorat ostida ekanligi aytilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.
Tavsiya etamiz
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43 / 14.08.2025
“Asr savdosi”. Rossiya Alyaskani nega sotib yuborgandi?
Jahon | 19:31 / 13.08.2025
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi
Jamiyat | 11:07 / 13.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS isroillik asirlarning yarmini ozod qilishga rozi bo‘ldi
Jahon | 01:42
-
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangilashdi – vazirlik
O‘zbekiston | 01:24
-
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 00:53
-
Ukrainaning xavfsizlik kafolati uchun Yevropa to‘lashi kerak – AQShning NATOdagi vakili
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

23:22 / 17.08.2025
O‘rmon yong‘inlari Ispaniyaning 50dan ortiq hududini qamrab oldi

19:52 / 15.08.2025
FVV yonilg‘i quyish, saqlash va tashish korxonalarining rahbarlariga murojaat bilan chiqdi

17:56 / 14.08.2025
“Uch qahramon”dagi yong‘in: zarar salkam 6 mln dollarga baholandi, bozor faoliyati to‘xtatilishi mumkin

11:21 / 13.08.2025