Qirğizistonga kikboksing böyiça Osiyo çempionatida qatnaşiş uçun kelgan xorijiy sportçilar ommaviy ravişda zaharlandi. Bunga, dastlabki ma'lumotlarga köra, salmonellali zapekanka (toblama, toblab qizartirib pişirilgan ovqat) sabab bölgan. Bu haqda Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi ötgan seşanba kuni Issiqköl qirğoğidagi “Avrora” sanatoriy-mehmonxona majmuasining 18 xodimi va mehmonlari, jumladan, Eron, Iroq hamda BAAdan bölgan va xalqaro musobaqada iştirok etiş uçun kelgan yetti sportçi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergandi. Keyinçalik zaharlanganlar soni 24 kişiga yetdi. Barça jabrlanganlar qoniqarli ahvolda, ularning köpçiligiga javob berilgan.
"Uşbu zaharlaniş sabablarini aniqlaş uçun sakkiz nafar bemor va ovqat tayyorlaş blokining 13 işçisidan laborator tadqiqotlar uçun tahlil namunalari olindi. Taxminlarga köra, zaharlanişga zapekanka sabab bölgan. Laborator tadqiqotlarining dastlabki natijalariga qaraganda, salmonella topildi", - deya aytib ötgan mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi vakili.












