Kamerunda yaşovçi Yaya ismli 27 yoşli ayolning yuzida 8 yil davomida ösimta rivojlanib borgan. Ösimta ayolning oğzi içida iyagi va yuzining çap tomoniga ösib ketgan. Ayol köp yillik azoblardan keyin şifokorlar yordamida ösimtadan foriğ böldi. Ayol ösimta sababli bazör gapirgan va ovqatlangan.

Yaya taşqi qiyofasidan şunçalik uyalardiki, deyarli uydan çiqmasdi va yuzini römol bilan tösib yurardi. Biroq Mercy Ships xayriya taşkiloti tufayli uning barça azoblari ortda qoldi. Ayol daryoda suzib yuruvçi gospitalda jarrohlik amaliyotidan ötgan.

“Amaliyotdan keyin men özimni çiroyli va baxtli his qilmoqdaman. Men endi bemalol qayerda istasam şu yerda yuraveraman. Odamlar boşqa mendan qörqmaydilar”, deb aytgan ayol.

Ta'kidlanişiça, ösimta 8 yil içida ulkan ölçamlarga yetgan. 8 yoşli qizni tarbiyalayotgan Yayaning şu vaqt davomida davolanişga imkoni bölmagan. Baxtli tasodif, Yayaning uyi yaqinida Mercy Ships kema-gospitali töxtagan.











