Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi hakam Fahad Al-Mirdasiyni kelişilgan öyinlarda iştirok etgani uçun futboldan umrbod diskvalifikatsiya qildi.

Ma'lumki, avvalroq Al-Mirdasiy JÇ-2018 öyinlarini boşqaradigan hakamlar röyxatiga kiritilgan edi.

Federatsiya matbuot xizmati xabariga köra, u Qirol Kubogi finalida iştirok etuvçi klublardan biridan pora söragan.

«2018 yil 11 may kuni Al-Mirdasiy finalga çiqqan klublardan birining vakili bilan boğlanib, öyinda yordam beriş evaziga pul mukofoti söragan. Ayni paytda u hibsga olingan» - deyiladi bayonotda.

Al-Mirdasiy Konfederatsiyalar Kubogi -2017 turnirida uçinçi örin uçun bahsni boşqargan, şuningdek Rio-2016 olimpiadasida ham işlagan edi va JÇ-2018 öyinlarini boşqaradigan hakamlar röyxatiga kiritilgan edi. 

Hakam Özbekiston terma jamoasi öyinlarini ham boşqargan. Sönggi marta u 2016 yil noyabr oyida ötkazilgan, JÇ-2018 saralaşidan örin olgan Janubiy Koreya - Özbekiston (2:1) bahsida boş hakam sifatida işlagan edi.