Özbekiston Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda «Huawei Tech Investment Tashkent» MÇJ xorijiy kompaniyasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Özbekiston Innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari Baxtiyor Umarovning Kun.uz'ga xabar qilişiça, Özbekiston delegatsiyasining uşbu kompaniyaning Şençjen şahri (Xitoy)dagi ştab kvartirasiga taşrifi doirasida imzolangan memorandum kelgusida «Huawei» kompaniyasi bilan hamkorlik munosabatlarini yaxşilaşga yordam beradi. 

Baxtiyor Umarov «Huawei» iştirok etgan «aqlli şahar» dasturi oldida ​​​
Foto: Özbekiston Innovatsion rivojlaniş vazirligi

 «Ayni paytda kompaniya Özbekistonda amalga oşirilişi kutilayotgan «aqlli şahar» loyihasida iştirok etiş istagini bildirdi. Qolaversa, Xitoyda joriy etilgan «aqlli şahar» dasturida ham «Huawei» kompaniyasining iştiroki mavjud, ular bizni mazkur tizim bilan yaqindan taniştirib ötdi. Istiqbolda Özbekistondagi «aqlli şahar» loyihasida nafaqat xitoyliklar, balki Janubiy Koreya, Isroil va Germaniya vakillari ham iştirok etişlari mumkin», deydi vazirning birinçi örinbosari. 

Şuningdek, Özbekiston Innovatsion rivojlaniş vazirligi, xususan, «Huawei» kompaniyasi kömagida Özbekistonning har bir hududida yuqori texnologik markaz va laboratoriyalar oçişni rejalaştirmoqda. ​