Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi kömagida Habib Rafiq Engineering (HRL) kompaniyasi delegatsiyasining Özbekistonga navbatdagi taşrifi taşkil etildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Taşrif doirasida kompaniya rahbariyati Xorazm viloyatida bölib, viloyat hokimligi bilan Xiva şahrida «aqlli şahar» investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça anglaşuv memorandumini imzoladi.
Mazkur kelişuv qadimiy Xiva şahrini kengaytiriş doirasida yangi zamonaviy şahar hududini barpo etiş böyiça loyihani amalga oşiriş yölidagi dastlabki muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Rejaga köra, yangi «aqlli şahar»da zamonaviy muhandislik va transport infratuzilmasi, kommunal tizimlar hamda barqaror şaharsozlik yeçimlarini joriy etiş közda tutilgan.
Loyiha Xiva şahrining tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylagan holda zamonaviy şahar muhitini şakllantirişga qaratilgan. Şuningdek, u mahalliy aholi va tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, investitsiyalarni jalb qiliş hamda innovatsion yeçimlarni keng joriy etişni nazarda tutadi.
Kompaniya vakillarining taʼkidlaşiça, HRL Markaziy Osiyoda «aqlli şahar»larni rejalaştiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, transport tarmoqlari, kommunal tizimlar va ekologik barqaror şahar yeçimlari böyiça öz tajribasini qöllaşni rejalaştirmoqda.
HRL vakili Xalid Taymur loyiha oddiy şaharsozlik taşabbusidan kengroq ahamiyat kasb etişini bildirgan. Uning sözlariga köra, taşabbus zamonaviy infratuzilma, iqtisodiy ösiş, texnologik innovatsiyalar va ekologik barqarorlikni Xivaning tarixiy qiyofasi va madaniy merosi bilan uyğunlaştirişni közda tutadi.
Kompaniya Özbekiston tomoni bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaş va loyihani birgalikda amalga oşirişdan manfaatdor ekanini bildirgan.
Habib Rafiq Engineering Pokistonda yirik infratuzilma va «aqlli şahar» loyihalarini amalga oşiriş tajribasiga ega. Kompaniya iştirokida mamlakatda Capital Smart City Islamabad va Lahore Smart City kabi yirik şaharsozlik loyihalari amalga oşirilgan.
Xivadagi yangi loyiha amalga oşirilişi Xorazm viloyatida zamonaviy şaharsozlikni rivojlantiriş, yangi investitsiyalarni jalb qiliş, transport va kommunal infratuzilmani takomillaştiriş hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















