Ötgan dam oliş kunlari 93 yoşli Şarl Aznavur Fransiya janubidagi öz uyida yiqilib tuşib, çap qölidan jarohat oldi. Ayni paytda unga gips qöyilgan, uni Aznavur may oyi oxiriga qadar taqib yurişi kerak, deb xabar bermoqda OAV.
Fransiyalik eng keksa şansonçining jarohati tufayli Yaponiya va Özbekistonda may oyiga rejalaştirilgan çiqişlar noma'lum muddatga qoldirildi.
Aznavurning atrofidagilari fikriça, u konsert faoliyatini boşlaydi va 5 iyunda Monakodan katta turnega start beradi, keyinçalik u Fransiya janubidagi «Aluna» festivali, Italiya, London, Ispaniyada davom etadi. Şuningdek, Germaniya, Xorvatiya, AQŞ, Avstraliya, Kiyev va Bryusselda ham konsertlar berilib, yakunda Fransiyaning beşta şahrida tugaydi.












