Germaniya terma jamoasi yarim himoyaçilari Mesut Özil va Ilkay Gundöğan Londonda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşdi.

«Arsenal» va «Mançester Siti» havbeklari Erdöğanga öz futbolkalarini sovğa qilişgan va u bilan suratga tuşişgan.

Erdöğan rahbarlik qiluvçi «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi matbuot xizmati Erdöğan uşbu futbolçilar, şuningdek, «Everton»ning turkiyalik hujumçisi Jyenk Tösun tasvirlangan suratni namoyiş etdi.

Bunga esa bundestag vakillari, şuningdek, Germaniya futboli amaldorlari keskin tanqidiy munosabatda bölgan, ular jahon çempionati arafasida asosiy e'tiborni futbolga qaratişi zarurligini ta'kidlaşgan.

«DFB kelib çiqişi xorijlik bölgan futbolçilarni hurmat qiladi, ammo biz janob Erdöğan tan olmaydigan qadriyatlarga amal qilamiz. Şu tufayli, milliy terma jamoamiz futbolçilaridan uning saylovoldi kampaniyasida foydalanişlari yaxşi emas», – degan Nemis futbol ittifoqi (DFB) prezidenti Raynhard Grindel .

Ma'lumot uçun, Mesut Özil va Ilkay Gundoğan kelib çiqişiga köra turk hisoblanadi.

Mesut Özil
Foto: AK Parti
Ilkay Gundöğan
Foto: AK Parti
Djyenk Tosun
Foto: Daily Sabah