Rossiyaning Al-Quds maqomi böyiça pozitsiyasi özgarişsiz qoladi, deya ma'lum qildi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Uning sözlariga köra, şahar ikki mustaqil davlat – Falastin va Isroilning poytaxtiga aylanişi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Şuni tasdiqlaşni xohlaymizki, Rossiyaning Al-Quds böyiça pozitsiyasi özgarişsiz qoladi. Şahar ikki mustaqil davlat – Falastin hamda Isroilning poytaxti bölişi – hamda barça uçta monoteistik dindagilar uçun oçiq qolişi lozim», - deya aytib ötdi Zaxarova brifingda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Arab davlatlari ligasi Al-Quds böyiça favqulodda yiğiliş ötkazişi xabar berilgandi.












