2018 yilning 11-12 may kunlari Özbekiston Respublikasining Qirğiziston Respublikasidagi elçixonasi Öş şahrida Qirğizistonning janubiy hududlarida vaqtinça yoki doimiy yaşayotgan fuqarolar uçun sayyor konsullik qabulini ötkazdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Sayyor qabul davomida Qirğizistonning Öş, Jalolobod va Botken viloyatlaridan kelgan 50dan ortiq Özbekiston fuqarolari konsullik masalalari böyiça maslahat va yordam oldilar. Özbekistonliklar söragan asosiy savollar Qirğiziston hududida tuğilgan bolalarning fuqaroligi va ularga Özbekiston Respublikasi hujjatlarini oliş, Özbekistonga qaytiş sertifikati, pasport beriş yoki almaştiriş, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, sudlanmaganligi töğrisidagi ma'lumotnomalarni rasmiylaştiriş va sörovga köra boşqa hujjatlarni olişga doir.
Şuningdek, Öş viloyati hududida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolari, işlaş uçun ruxsatni rasmiylaştiriş masalalari böyiça maslahat berişni söradilar.
Konsullik qabulini taşkil etişda elçixonaga Qirğiziston hukumatining Öş viloyatidagi vakili vakolatxonasi va Taşqi işlar vazirligining janubdagi vakolatxonasi kömak körsatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston janubida yaşovçi Özbekiston fuqarolari uçun sayyor qabul ötkazilişi xabar berilgandi.












