Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati 2018 yil (hijriy 1439 yil) uçun zakot nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi örtaça narxi 188 235 söm atrofida ekanini e'tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 söm ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya'ni 400 000 söm miqdorda zakot çiqarişni ma'qulladi. Bu haqda ÖMI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yilgi fitr sadaqasining miqdori viloyat, şahar va tumanlar bozorlaridagi 2 kilogramm buğdoy narxidan kelib çiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toşkent şahar bozorlarida 1 kilogramm buğdoyning narxi örtaça 2500 söm bölsa, demak 2 kilogramm buğdoy narxi 5000 söm böladi.

Bu yilgi fidya miqdori doimiy uzr bilan röza tutolmaydigan kişilar uçun bir oç odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bölib, örtaça 12 000 söm, deb belgilandi.