Samarqand şahrida joriy yilning 15 may kuni noma'lum şaxs “Samarqand-Zarafşon” temir yöl bekatlari oraliğida “Qarşi-Samarqand-Toşkent” yönalişida qatnovçi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining vagon oynasiga toş otişi natijasida vagon oynasi darz ketgan edi. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, olib borilgan suriştiruv işlari natijasida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi oynasiga Samarqand şahar Motrid mahallasi 37-sonli örta maktabning 5-sinf öquvçisi M.B. toş otganligi aniqlangan. 

Qayd etilişiça, u va onasi bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga yana toş otişgani, IIV bayonot bilan çiqqani xabar qilingandi.