Xitoyda yölovçi samolyoti favqulodda qönişni amalga oşirdi. Gap şundaki 10 km balandlikda yölovçi samolyotining parvoz vaqtida old oynasi çiqib ketgan. Ikkinçi uçuvçi yarmigaça darça orqali taşqariga çiqib ketgan, biroq uni ölimdan xavfsizlik kamarlari saqlab qolgan. Ekipaj sardori samolyotni qöndirişga muvaffaq bölgan. Samolyot bortida 119 yölovçi bölgan. Ulardan 27 nafari turli lat yeyiş jarohatlari bilan şifoxonalarga jönatilganlar. Uçuvçi esa haqiqiy qahramon deb atala boşlangan.
“Men styuardessa aravaça bilan havoga kötarilib, keyin polga tuşgani kördim. Biz hammaga yordam bera boşladik va birdan samolyot keskin qöna boşladi. Biroq keyin u tekislanib olib, biz aeroportga qöndik”, deb aytib bergan yölovçilardan biri.
Voqea tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.











