Dunyoning eng boy odamlaridan biri, amerikalik sarmoyaçi Uorren Baffetning kompaniyasi Apple kompaniyasining 2-raqamli eng yirik aksiyadori ekanligini tasdiqladi. Berkshire Hathaway Inc.da aytilişiça, kompaniya, şuningdek, IBM’ning barça aksiyalarini sotib yuborgan.

Kompaniyaning ma'lum qilişiça, u Apple’ning 40 mlrd dollardan köproq qiymatli 239,6 mlnta aksiyasiga ega. Şu tariqa, Baffet ayni vaqtda Apple’ning taxminan 5 foiz aksiyasiga ega. Berkshire Hathaway Inc. bu borada faqatgina Vanguard Group’dan ortda qolmoqda. Vanguard Group kompaniyasi Apple’ning qança aksiyasiga egaligi noma'lum.

Şu bilan birga Baffet kompaniyasi 20-asr oxirida Apple bilan raqobat qilgan IBM’ning barça aksiyalaridan xalos bölganini ma'lum qildi. Kompaniya IBM’ning 314 mln dollarlik aksiyasini sotib yuborgan. Şuningdek, Baffet General Motors’dagi uluşini 2 mlrd dollardan 1,8 mlrd dollargaça kamaytirgan. 

7 may kuni dunyoning 3-raqamli eng badavlat odami CNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple’ning 100 foiz aksiyasiga ega bölişini istaşini aytgan. Ayni vaqtda Baffetning boyligi 84 mlrd dollarga baholanmoqda.