Yevrokomissiya 1996 yilgi qonunni yangilaş jarayonini işga tuşirdi, u Yevropa kompaniyalari uçun yangi çeklov çoralarining ekşududiy oqibatlarini bloklaşga qaratilgan. Bu haqda idora saytida xabar qilinadi.
«AQŞning Eronga nisbatan sanksiya röyxati yangilanişi tufayli «bloklovçi qaror»ni faollaştiriş rasmiy jarayoni işga tuşirildi. «Bloklovçi qonun» YeI kompaniyalariga AQŞ sanksiyalarining ekşududiy oqibatlariga rioya etişini taqiqlaydi, kompaniyalarga şunday sanksiyalar tufayli yuz beradigan yöqotişlarni qoplaş imkonini beradi», - deya ma'lum qilişgan YeKdan.
Ma'lum bölişiça, bunday çora 2018 yilning 6 avgustigaça, AQŞ sanksiyalarning birinçi partiyasini joriy etişiga qadar kuçga kirişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq YeI AQŞning yadroviy masala böyiça pozitsiyasiga qaramay, Eron bilan bitimni saqlab qolişi xabar qilingandi.












