Belarus hududida yaşovçi özbekistonliklar qisqa muddat içida Özbekistonning Moskvadagi elçixonasida doimiy va vaqtinçalik konsullik röyxatidan çiqişi söralmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Belarus Respublikasida Özbekiston elçixonasi oçilişi va öz faoliyatini boşlaşi munosabati bilan, Belarus hududida yaşovçi Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasida doimiy va vaqtinçalik konsullik röyxatidan ötgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari qisqa muddatlarda Moskvadagi elçixonadan röyxatdan çiqib, Minsk şahridagi elçixonaga röyxatda turişlari lozim.
Bundan avvalroq, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Belarus Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib Leonid Mariniçni tayinlaş çoğida Özbekiston haqida iliq fikrlarni bildirgandi.
«Biz Özbekistonga nisbatan, haqiqatan ham, töğri va samimiy bölişimiz kerak, çunki u yerda Belarusni juda hurmat qilişadi. Doim hamkorlikka tayyormiz. Özbekiston biz uçun ustuvor davlatdir», deya alohida ta'kidlagan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko.
Joriy yilning 31 mart kuni esa Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Leonid Mariniçni qabul qilgandi. Uçraşuvda Özbekiston elçixonasining Minsk şahrida faoliyat boşlaşining amaliy jihatlari muhokama qilinib, Özbekiston-Belarus uçraşuvlari bilan boğliq mavzular körib çiqilgan.












