DW xabariga köra, Britaniyaning The Guardian gazetasi 2-oktabr kuni sönggi kunlarda Kiyevga hujumlar köpaygani sababli diplomatik vakolatxonalarni boşqa joyga köçiriş rejalari tayyorlanayotganini yozgan.
«Rossiya Kiyevni muzlatib, uni toş davriga qaytarişni rejalaştirmoqda. Vaziyat, şubhasiz, tez yomonlaşyapti», - degan naşr suhbatlaşgan diplomatlardan biri.
Xabarda gap elçixonalar allaqaçon köçirilgani haqida emas, ehtimoliy köçişga tayyorgarlik haqida bormoqda.
Diplomatlar nega Kiyevda qolişni muhim deb hisoblamoqda?
The Guardianʼning yozişiça, Ğarb diplomatlari ommaviy bayonotlarida Kiyevda işlaşni davom ettiriş niyatini taʼkidlamoqda.
Ular elçixonalarning poytaxtni tark etişi Moskva uçun tarğibot ğalabasiga aylanişi va Ukraina «öz holiga taşlab qöyilgani» haqida taassurot uyğotişidan xavotirda.
Şu sababli diplomatik vakolatxonalar xavfsizligi masalasi Ukrainaga siyosiy qöllab-quvvatlaşni namoyiş etiş zarurati bilan birga körib çiqilmoqda.
Zelenskiy: maqsad aholini şaharlardan ketişga majburlaş
Xabarda qayd etilişiça, sentabrdan Rossiya qöşinlari Kiyevga dron va raketalar bilan hujumlarni kuçaytirgan. Zarbalar maktablar, şifoxonalar va maʼlumotlarni qayta işlaş markazlariga ham tekkan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Financial Timesʼga bergan intervyusida Kreml havo hujumlari orqali tinç aholini qörqitiş, odamlarni şaharlardan ketişga majburlaş va mamlakatning uruşni davom ettiriş imkoniyatlarini zaiflaştirişni közlayotganini aytgan.
Uning sözlariga köra, asosiy nişonlar Kiyev, Xarkiv va Odessa hisoblanadi.
Razvedka maʼlumotlaridan xabardor Ukraina va Yevropa xavfsizlik idoralari vakillari Rossiya rejalarida Lviv ham borligini bildirgan. Polşa çegarasi yaqinidagi bu şahar muhim logistika markazi sanaladi.
Qişda elektr, issiqlik va suv taʼminotiga tahdid
The New York Times 2-oktabrda Kiyev Rossiyaning Ukrainaning yirik şaharlarini qişda elektr energiyasi, issiqlik va suv taʼminotidan uzişga oid rejalarini qölga kiritgani haqida xabar bergan.












