Ötgan haftada Washington Post FQB axborot manbasi sifatida körilayotan amerikalik nafaqadagi professor 2016 yilda Donald Tramp saylovoldi ştabidagi uç nafar maslahatçi bilan uçraşgani haqida yozdi. 

Ayni çoğda AQŞ prezidenti mazkur uçraşuvga siyosiy tus berib, FQB sobiq davlat rahbari Barak Obama buyruği bilan josuslik qilganini iddao qilmoqda. Ötgan uç kun davomida Tramp özining tvitterdagi sahifasi orqali tinmasdan mana şu holat böyiça Federal qidiruv byurosiga qarşi suriştiruv boşlaş lozimligini uqtiradi. 

Trampning yaqin kişisi, Vakillar palatasi Razvedka qömitasi raisi Devid Nunes ham Adliya departamentidan keksa professorga oid barça ma'lumotlar taqdim etilişini sörayapti. Vaholanki, Adliyadagilar uşbu sörovni boşqa vajni körsatib rad etib qöya qoldi: bu AQŞning jahon böylab örnatgan agenturalariga jiddiy zarba berişi mumkin. 

Mantiqan (yoki qonun böyiça) prezident Tramp istagan paytida Adliya departamentining qarorini bekor qilib, söralgan kişi töğrisida ma'lumot berişni talab qilişi mumkin. Şularni ham hisobga olib departament boşqaça qarorga keldi: mazkur tergov boşlanişi oldidan Trampning saylovoldi ştabi vakillari va Rossiya tomoni örtasida siyosiy fitna uyuştirilmagani aniqlaştiriladi.

Agar kimdir unutgan bölsa, prezident atrofida yuz berayotgan tergovlar Trampning saylovoldi ştabi maslahatçisi Papadopolusning London barida avstraliyalik diplomatga ortiqça gapirib qöygani bilan boşlangandi. 2016 yil may oyida mast holatda Jorj Papadopolusning ruslarda Hillariga nisbatan kuçli kompromati bölgani haqidagi gapi, ikki oy ötib Wikileaks'da Hillariga qarşi işlagan hujjatlarning ommaga e'lon qilinişi... Avstraliyalik diplomat bu ma'lumotlar qayerdan sizib çiqişi mumkinligi haqida şipşitdi va matbuot bu mavzuni çuqurroq «kavlay» boşladi. 

Aniqlanişiça, 2016 yil 9 iyun kuni AQŞda  Crocus Group  manfaatlarini himoya qiliş bilan şuğullanib kelayotgan rossiyalik advokat Nataliya Veselnitskaya Donald Tramp kiçkina, saylovdi ştab rahbari Pol Manafort bilan xufyona uçraşgan.  Veselnitskayaning Rossiyadagi bir qator amaldorlar, jumladan Boş prokuror Yuriy Çayka bilan yaxşi aloqalari borligi aniqlangaç, amerikaliklarning köpçiligi saylov natijasiga Rossiya ta'sir ötkazişga uringaniga işonib qoldi. Aynan 2016 yil iyulda FQB şov-şuvli tergovni boşladi.