AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuv qandaydir sabablarga köra iyunda ötmasa, unda boşqa vaqt ötişi mumkinligini aytdi. Tramp uçraşuv belgilangan vaqtda ötmasligiga imkoniyat kattaligini aytgan.
Tramp bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan Oq uydagi uçraşuvi vaqtida aytib ötgan. “Biz ba'zi şartlar bajarilişini istaymiz va öylaymanki, ular bajariladi. Agar bu yuz bermasa, unda uçraşuv ham bölmaydi”, deb aytgan Tramp.
“Şimoliy Koreyada buyuk davlat bölişga imkoniyat bor va öylaymanki, ular bu imkoniyatdan foydalanib qolişadi – yaqin fursatda ular buni istayotganlari yoki yöqligini bilib olamiz”, deb qöşimça qilgan Tramp.
Avvalroq Tramp va Kim Çen In uçraşuvi Singapurda 12 iyunda ötişi mumkinligi ma'lum qilingandi.












