Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi rahbari örinbosari Çxve Son Xining ma'lum qilişiça, KXDR hukumati AQŞ prezidenti Donald Tramp va şimoliy koreyalik yetakçi Kim Çen In uçraşuvini bekor qilişi mumkin. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
«Agarda AQŞ bizning yaxşi niyatlarimizni haqorat qilişda davom etib, özini ahmoqona tutişni bas qilmasa, men oliy rahbariyatga KXDR va AQŞ yetakçilari sammitini bekor qiliş imkoniyatini körib çiqiş haqida taklif bilan çiqaman», - deyiladi Çxve Son Xining bayonotida.
TIV rahbari örinbosarining bunday reaksiyasiga AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens intervyusi sabab böldi, unda u KXDR Liviya ssenariysini takrorlaşi mumkin ekani, bu Koreya yarim orolini butunlay yadrosizlanişiga amal qilinmasa sodir bölişi haqida ma'lum qilgandi.
Uning fikriça, bunday bayonotlar Pens «siyosiy galvars» ekanini körsatib beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq The Washington Post Kim Çen In KXDRda davlat töntarişi yuz berişi mumkinligidan xavfsirayotgani haqida xabar qilgandi.












