Mazkur  söz va iboralar sizni ona tilisi ingliz tili bölganlar darajasiga olib çiqadi.

Bu  darajaga olib çiqmasa ham, atrofdagilarni «He/she is so cool!», deb öylaşga majbur qiladi

Foto: Fotolia

Ingliz tilida xorijliklar bilmaydigan, biroq bu til ona tilisi bölganlar doimiy ravişda qöllaydigan köplab söz birikmalari mavjud. “Asl ingliz” iboralaridan 15 tasini töplab, e'tiboringizga havola etyapmiz. Ular sizni ommadan ajratib turişi aniq.

1. Firstly, secondly, thirdly…

«Birinçidan, ikkinçidan, uçinçidan...»

“Inglizça” quloq uçun rasmiy tuyuladi (sözlaşuvda odatda first, second, third qöllaniladi), biroq tilni yaxşi bilişingizni körsatadi. Ammo in the first, in the second va hk. körinişida qöllab bölmaydi.

Firstly, I prefer airplane because it’s fast. Secondly, they give you meals, and thirdly, I like a view from the window.

Men samolyotlarni ma'qul köraman. Çunki birinçidan, tez, ikkinçidan, u yerda taom berişadi, uçinçidan, illyuminatorni tomoşa qilişni yoqtiraman.

2. Very good

«Ajoyib»

Özbek tilida bölgani kabi ingliz tilida bu ibora asl ma'nosiga zid ma'noni ham anglatişi mumkin.

— I left your glasses at home. — Men közoynagingni uyda unutibman.

— Very good. — Ajoyib.

3. Get out!

«Yöğ-ye!», «Qöysang-çi»

Asl ma'nosidan taşqari hayrat va işonçsizlikni ham anglatişi mumkin.

— I’m going to get married. — Uylanyapman.

— Get out! — Yöğ-ye!

4. Never ever

«Heç qaçon»

“Heç qaçon” sözi ma'nosini kuçaytiriş uçun xizmat qiladi.

I will never ever do it again.

Men boşqa heç qaçon bunday qilmayman.

5. It’s not rocket science

«Bu oliy matematika emas»

Agar kimdir nimanidir murakkab desa-yu, siz esa buni notöğri deb hisoblasangiz, ingliz tilida (sözma-söz aytganda) “bu raketa ilmi emas” tariqasida aytişingiz mumkin.

Managing people is hard but it’s not rocket science.

Odamlarni boşqariş osonmas, biroq bu oliy matematika emas.

Foto: Fotolia

6. Ain’t no

Am/is/are not  yoki have/has not tuzilmasining sözlaşuvda işlatiladigan körinişidir.  Yoşlar va oddiy odamlar tomonidan qöllaniladi, ma'lumotga ega bölganlar “ensasi qotişi” mumkin. Biroq yuqori baholaşlar aniq.

I ain’t got no cigarettes.

Menda sigaret yöq.

7. Going nuts (be nuts)

«Aqldan ozibdi», «tomi ketibdi»

Yonğoqqa umuman aloqasi bölmagan, sözlaşuvda qöllaniladigan ibora.

Tornado is about to come, everyone’s going nuts.

Yaqinda töfon keladi, hamma aqldan ozayotganga öxşaydi.

John is nuts.

Jonning “tomi ketibdi”.

8. Let’s just say

«Qisqaça qilib aytganda…», «Qisqasi…»

Biror narsani batafsil tuşuntirişni istamagan hollarda qöllaniladi.

Let’s just say I’m not a big fan of Elvis.

Qisqasi, men Elvisning muxlisi emasman.

9. Let’s sleep on it

«Ertagaça qoldiraylik»

Ba'zida qaror qabul qiliş uçun vaqt kerak. “Tong keçki vaqtga qaraganda donoroq” deyişadi-ku. Şuning uçun inglizlarda “buning uçun bir uxlab turiş kerak” deyiladi.

I can’t make a decision right now, let me sleep on it.

Men hozir qaror qabul qila olmayman, ertagaça öylab körişim kerak.

10. Not really

«Unçalikmas»

Juda keng tarqalgan bu iborani maktabda örgatmasliklari ğalati.

— Are you ready to go? — Borişga tayyormisan?

— Not really. — Unçalikmas.

11. Help yourself

«Oling-oling», «bemalol»

Asl ma'nosidan taşqari, köpinça gap şaklida mustaqil ravişda harakat qilişga ruxsat ma'nosida qöllaniladi.

— May I use your phone? — Telefoningizdan foydalansam böladimi?

— Help yourself! — Bemalol!

12. Indeed

«Haqiqatan ham»,  «şubhasiz»

Bu söz aytilgan gap yoki rozilikni kuçaytiriş ma'nosida qöllaniladi.

— He sounds reasonable. — U töğri aytyapti.

— He is indeed. — Şubhasiz.

Foto: Fotolia

13. May I be excused?

«Taşqariga çiqsam maylimi?»

Röyxatimizdagi bebaho gavhar ibora mana şu. Önta ingliz tili öqituvçisidan “Çiqsam böladimi?”ni qanday aytişni sörab köring. Ulardan töqqiztasi  «May I get out?», «May I go out?» şakllarini aytadi.

The girl raised her hand and said, “Mrs Jones, may I be excused?”

Qiz qölini kötarib, dedi: «Jons xonim, taşqariga çiqsam maylimi?»

14. I’m done

«Tugatdim», «Çarçadim»

Gap oğzaki nutqda köp işlatiladi.

I’m done washing dishes, let’s go.

Idişni yuvib böldim, ketdik.

15. So are you / so am I; me neither

«Sen ham/men ham»; «men ham ...madim»

Agar “men ham”, “siz ham”ni me too şaklida emas, haqiqiy ingliz tilida aytmoqçi bölsangiz, so sözini olib,kömakçi fe'l va egani qöyasiz. Agar bildirilgan inkor fikrga rozi bölsangiz, u holda so örniga neitherdan foydalaning.Birinçi şaxsdagi inkorda me neither ni qöllaş mumkin. Fe'lning zamonidan qat'iy nazar. Diqqat: agar suhbatdoşingizning ingliz tilisi u qadar yaxşi bölmasa, u sizni tuşunmasligi mumkin. U holda oddiy too yordam beradi(bu ham ingliz tilida va ortiqça “ohanjamalarsiz”).

— I wanna go home. — Men uyga ketişni istayman.

— So do I. — Men ham.

— Your girlfriend doesn’t like her new roommate. — Qizingga yangi xonadoşi yoqmayapti.

— Me neither. — Menga ham.

Tabriklayman, ana endi sizni «özbiliş»da gapiradigan vatandoşlar orasida ajratib olişlari aniq.  Albatta, sizda asosiy bilimlar bölmasa, bu iboralar ğalati eşitiladi.

Bu töliqlikka da'vogarlik qilmaydigan kiçik bir röyxat. Aksinça, uni kengaytiriş kerak va zarur. Şuning uçun haqiqiy ingliz tilida mavjud bölgan iboralar röyxatini tuziş tavsiya etiladi.