KUN.UZ tahririyati tomonidan taqdim etilayotgan “Islom nuri” dasturi orqali muqaddas Ramazon oyining fazilatlari, uning odoblari, röza tutiş borasidagi tavsiyalar berib borilmoqda. Körsatuvimizning bugungi sonida Ramazonning saxovat oyi ekanligi haqida söz boradi. Mehmonimiz “Xöja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov.
YouTube'da tomoşa qiliş
Tas-IX'da tomoşa qiliş
- Ramazoni şarif saxovat, mehr-muruvvat oyi. Ramazonda biror-bir öksik qalb qolişi kerakmas. Şu sababdan mömin-musulmonlarimiz ham beradigan zakotlarini aynan mana şu oyda berişadi. Bu oyçalik möminlar tomonidan saxovat qilinadigan oy yöq. Zakot, fidya, fitr sadaqalari beriladi, qöşimça xayr-saxovatlar qilinadi. Demak, Ramazon oyi töla ma'noda saxovat oyi. Bu oyda qilingan saxovatga boşqa oyda qilingan saxovatga qaraganda yetmiş karra ajr bor.
Bitta narsani yoddan çiqarmaslik zarur – saxovatni qildik, ulkan ajrni qölga kiritdik, kimningdir qozoni qaynaydi, kimningdir işi bitadi, kimningdir köngli şod böladi, lekin undanda katta foydani özimiz köramiz. Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: “Kim bir solih amal qilsa özi uçun”.
Payğambarimiz alayhissalomning xonadonlarida bir qöy söyildi. Oyşa onamiz şu qöyni taqsim qildilar. Rasuli akram alayhissalom kelgaç, onamizdan söradilar: “Qöydan rözğorga nima qoldi?”. Onamiz aytdilarki: “Bitta qöli qoldi”. Ya'ni, rözğorga qöyning bir qölini olib qolib, qolganini tarqatib yuborgan ekanlar. Şunda Payğambarimiz alayhissalom: “Qölidan boşqa hammasi özimizniki bölibdi”, dedilar.

Qarang, rözğorga qolgani demayaptilar, tarqatib yuborganimiz bizniki deyaptilar. Kim bölişidan qat'i nazar nima kömak bersak yaxşi, heç bölmasa bu oyda tabassum, şirin sözimizni qilaylik, çunki bu ham ehson.
Rasuli akram (s.a.v) ilk payğambar bölgan kunlari Makka taşqarisidan keksa bir ayol şaharga kirib bozorlik qildi. Işini bitirib uyga qarab ketayotganida qölidagi yuk oğirlik qildi. Yölovçilardan yordam söradi, biroq heç kim yordam bermadi. Bir mahal örta yoş bir yigit kelib, ayolning ikki qölidagi yukni kötarib olib, toki uyiga qadar olib borib berdi. Haligi ayol ostonasiga borgaç aytdiki: “Öğlim, men sizning bu yaxşiligingizni qanday qaytarsam? Menda ortiqça pul yöq. Ammo sizga keksalik bir nasihatim bor. Şu kunlarda Makkada Muhammad ismli odam paydo bölibdi. Yangi dinga da'vat etayotgan ekan. Agarda şu odamga yöliqsangiz, aldanib qolmang. U odam firibgar, sehrgar, yolğonçi, kazzob. Yaxşiligingiz evaziga mana şu nasihatimni oling.
Yordam bergan va şu paytgaça jim turgan yigit tösatdan şunday dedi: “Siz aytayotgan öşa Muhammad – menman”. Ayol seskanib ketib, rasulollohga qaradi, qöli bilan quloğiga işora qildi: “Agar quloqlarim eşitgan Muhammad siz bölsangiz, men sizga iymon keltiraman. Ayting, ayting men musulmon bölay”. Rasuli akram alayhissalom kalimani aytdilar. Ayol qaytardi va musulmon böldi.
Bir ayolni musulmon bölişiga nima sabab böldi? Beğaraz yaxşilik. Vaholanki Payğambarimiz alayhissalom u kişini musulmon bölişga da'vat etmagan edilar, - dedi R.Rahmonov.
Maqola Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasi asosida tayyorlandi.










