Joriy yilning 25 may kuni Toşkent viloyati, Örtaçirçiq tumanida joylaşgan «Örtaçirçiq agro-sanoat va transport kasb-hunar» kolleji binosida sud sohasida ötkazilayotgan islohotlar va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy asoslari mavzusida uçraşuv ötkazildi. Tadbirda kollej rahbariyati, Örtaçirçiq tuman sudi, Örtaçirçiq tuman prokuraturasi, mahalla faollari va talabalar qatnaşişdi.
Tadbirdan közlangan maqsad yiğilganlarga tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinişi va fuqarolarga sud sohasida ötkazilayotgan islohotlar mohiyatini tuşuntiriş edi. Şu kuni sayyor sud majlisi ham ötkazildi.
Sudya X.X.Xotamov raisligida sudlanuvçi A.Umirzaqov va S.Pirnazarovlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarning) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş va hujjatlar, ştamplar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş moddalari bilan jinoyat işi körildi.

Sud sudlanuvçilar va guvohlarning körsatmalarini eşitib, taraflarning muzokara nutqlarini, sudlanuvçining himoya va oxirgi sözlarini tinglab, jinoyat işi materiallari bilan tanişib, jinoyat işi materiallarini har tomonlama töla va xolisona tekşirib çiqdi.

A.Umirzaqov va S.Pirnazarovlar uşbu jinoyatni qilganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan eng kam iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil muddatga ahloq tuzatiş işlari hamda 3 yil 6 oyga ozodlikni çeklaş jazolari tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflarga tegişli muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori turuvçi sudga şikoyat qiliş yoki protest bildiriş huquqi mavjudligi tuşuntirildi.











