Vengriya hukumati NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergga hujjat yubordi, unda Ukrainani qayta isloh qilişga bölgan uriniş «muvaffaqiyatsizlikka uçragani» bildiriladi hamda alyansga mamlakatni qöllab-quvvatlaş dasturini qayta körib çiqiş böyiça çaqiriq bor. Hujjat «Ukrainskaya pravda» tomonidan keltirilgan.
Xabar qilinişiça, «Memorandum: NATOning Ukrainaga nisbatan yangi siyosatini yaratiş taşabbusi» nomli hujjat Viktor Orban boşçiligidagi Vengriya hukumatining birinçi majlisida ma'qullandi. Naşrdan ta'kidlaşlariça, ular hujjatning töliq matni bilan tanişgan.
«Ukraina şu darajada kuçsizlandiki, endi u özining hattoki bazaviy majburiyatlarini bajara olmayapti, jumladan, huquq ustuvorligini ta'minlaş va samarali iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy boşqaruvni amalga oşiriş», - deyiladi hujjatda.
Şuningdek, hujjat tuzuvçilarining qöşimça qilişiça, Ukrainani qayta isloh etiş urinişi «muvaffaqiyatsizlikka uçradi». Ularning fikriça, bu «misli körilmagan siyosiy qöllab-quvvatlov va moliyaviy yordam darajasida» röy berdi. Tuzuvçilarning xulosa qilişiça, Ukraina hozirgi holatda qöşni davlatlar uçun xavf tuğdiradi. Şu sababdan Vengriya NATOga Ukrainani qöllab-quvvatlaş siyosatini qayta körib çiqiş taklifini bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning Yevroittifoqqa kiriş imkoniyatlari çamalangandi.












