Apple kompaniyasi foydalanuvçilar haqida ma'lumotlar berilişi söralgan davlat va xususiy tomonlar murojaatlari böyiça ma'lumotlarni oşkor qildi. Bu haqda kompaniya hisobotida bayon qilingan.

Hisobotga köra, 2017 yil ikkinçi yarmida kompaniya AQŞ hukumatidan 8,25 ming akkaunt böyiça 16,25 ming murojaat olgan. Murojaatlar soni 2017 yil birinçi yarmiga nisbatan 20 foizga va 2016 yil ikkinçi yarmiga nisbatan 2 martadan köproqqa oşgan. 

Misol uçun, Xitoydan 748 ta murojaat yöllangan, ulardan 704 tasi qondirilgan (94 foiz).

Murojaatlar orasida foydalanuvçilar (misol uçun, telefoni öğirlab ketilganlar) manfaati yölida harakat qiluvçi huquq-tartibot idoralari talablari bilan birga odamlar xavfsizligiga tahdid mavjud bölgan favqulodda vaziyatlarda ma'lumot taqdim qiliş talablari ham bor bölgan. Murojaatlarda, şuningdek, qayd qiliş yozuvini bloklab qöyiş, unga kirişni çeklaş yoki umuman öçirib taşlaş iltimoslari ham uçraydi.    

Xususiy tomonlar murojaatlari, odatda, sud taftişlari vaqtida yöllanadi.