Xitoy toğlarida joylaşgan Lazimi qişloği aholisi köprik yöqligi sababli daryoning narigi qirğoğiga u ustidan tarang tortilgan pölat tros – ziplayn orqali ötmoqda. Bu yöl mahalliy aholi uçun şaharga borişning yagona usuli hisoblanadi.

Qişloqda yaşovçi ayol, ikki farzandning onasi Ça Xuilan özining kasal onasi uçun dori sotib oliş maqsadida daryo ustidan tez-tez ötib turişiga töğri keladi. Uning aytişiça, ziplayn nafaqat noqulay, balki xavflidir, çunki u özi bilan ikki yoşli bolasini ham  olib ötadi. Ayol qaltis safar vaqtida farzandi daryoga tuşib ketmasligi uçun uni mahkam uşlab turadi. 

“Köprik qurib berişganda yaxşi bölardi, biroq hozirça şaharga borişning boşqa yöli yöq”, deydi ayol.
 

Daryoning narigi qirğoğiga olib boruvçi köprik va yöllar yöq. Nu (xitoyçadan “Jahldor” degani) deb nomlangan bu daryo juda şiddatli bölgani sababli undan qayiqda ötişning iloji yöq. Mahalliy aholi ziplayndan bepul foydalangan bir paytda, sayyohlar narigi tomonga ötiş uçun 8 dollar tölaşlariga töğri keladi.

Mutaxassislarning fikriça, Nu daryosi böyida hanuzgaça işonçli bölmasa-da ziplayndan foydalanuvçi 20-30 ta qişloq bor. Misol uçun, yomğir vaqtida pölat tros orqali ötiş juda xavfli tus oladi.