2018 yilning 30 may kuni Rossiyada amaliy taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva şahrida «Primakov öquvlari» xalqaro forum işida iştirok etiş doirasida Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Özbekiston TIV rahbari jahonda e'tirof etilgan ilmiy-ekspertlik maydonidan biri va yirik olim-şarqşunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq boş vaziri va taşqi işlar vaziri xotirasiga bağişlangan forumning muvaffaqiyatli ötkazilişi bilan S.Lavrovni tabrikladi.

Uçraşuvda Özbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Avvalo, Toşkent şahrida kuz oyida ötkazilişi rejalaştirilgan prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uçraşuvi kun tartibi yuzasidan takliflar körib çiqildi.

Muzokaralarda Rossiya prezidentining Özbekistonga bölajak davlat taşrifi ittifoqlik va strategik şeriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş, unga aniq va uzoq muddatli tus beriş uçun alohida ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi.

Şuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.