Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning ma'lum qilişiça, Yevropa AQŞ pölat hamda alyuminiyga bojlar joriy etadigan bölsa, yagona va qat'iy javob qaytaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Pölat va alyuminiyga bojlar joriy etiş borasidagi bu qaror, yana bir marta qaytaraman, özini oqlamaydi hamda xavfli böladi. Bunday holatda Yevropa şu qarordan tegişli xulosalar çiqaradi va javoban yagona hamda qat'iy çoralarni qabul qiladi», - deya aytib ötdi Le Mer.
Qöşma Ştatlar joriy yilning mart oyi oxirida pölat va alyuminiyga mos ravişda 25 hamda 10 foizlik boj joriy etdi. Ba'zi davlatlarga, jumladan YeIga, ularning amal qiliş muddati iyunga qadar töxtatib qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya AQŞ bojlariga javob çoralarini tayyorlab qöygani xabar berilgandi.











